» » Coursera - onlayn o'quv platformasi
11 avgust 2020, Seshanba
23
0
Azamat, [10.08.20 11:51]
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va vazirlik qoshidagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Coursera onlayn ta'lim platformasi bilan birgalikda ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar, umumta'lim maktablari o'qituvchilari va yuqori sinf o'quvchilari uchun super aksiyani boshladi!

Coursera - bu onlayn o'quv platformasi bo'lib, jahon miqyosidagi tanilgan universitetlar va kompaniyalarning eng yaxshi professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan yuqori sifatli kurslar orqali masofaviy ta'lim olish imkoniyatini beradi.

Ushbu aksiyada ishtirok etish va bepul sertifikatlarni qo'lga kiritish uchun siz 2020 yil 30 sentyabrgacha ro'yxatdan o'tishingiz va 2020yilning 31 dekabrigacha Coursera platformasida o'qishingizni tugatishingiz kerak bo'ladi.

Ro'yxatda elektron pochta manzilingizda xatolik ketgan bo'lsa yoki ushbu dasturga yangi qo'shilmoqchilar quyidagi havola orqali formani to'ldiring: https://bit.ly/37wDabK

***Ushbu dasturda ishtirok etish uchun shaxsiy elektron pochta adres (E-mail) talab qilinadi va bexato yozishingiz shart (1ta email).
                   Uzbekistan`s unemployed citizens to get free access to Coursera ...скачать dle 12.0